Elo Academy

Shaxmatni tajribali murabbiylar bilan o'rganing

6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun onlayn shaxmat maktabi. Dars jadvali, uy vazifalari va o'sish natijalari bir joyda. Birinchi dars bepul.

Allaqachon o'qiysizmi? Ro'yxatdan o'tish

Yakkama-yakka darslar

Har bir o'quvchi o'z murabbiyi bilan jonli darsda shug'ullanadi. Dars jadvali va Zoom havolasi panelda turadi.

Ota-onalar uchun ochiq hisob

Farzandingiz qaysi darslarga qatnashgani, qanday o'sayotgani va to'lovlar bir joyda ko'rinadi.

Tanlangan murabbiylar

Murabbiylarni maktabning o'zi tanlaydi va nazorat qiladi, shuning uchun dars sifati hamma uchun bir xil bo'ladi.

Murabbiyingiz bilan tanishing

Islombek Kholmamatov

Islombek Kholmamatov

Asoschi va bosh murabbiy

Xalqaro turnirlar sovrindori. Shaxmatni bolalarga tushunarli va qiziqarli tarzda o'rgatadi.

1850
FIDE reyting (standart)
1909
FIDE reyting (blitz)
2
xalqaro medal
  • 17 yoshgacha o'smirlar orasida tezkor shaxmat (rapid) bo'yicha Osiyo chempionati — kumush medal
  • 2023-yil jamoalar o'rtasidagi jahon chempionati — shaxsiy doskada bronza medal

Narxlar

Narxlar oylik paket uchun. Birinchi dars hammaga bepul.

Guruh · haftasiga 2 kun

500 000 so'm / oy

  • Guruhda ko'pi bilan 6 o'quvchi
  • Jonli Zoom darslari
  • Ota-ona paneli va hisobotlar
Bepul sinov darsi

Guruh · haftasiga 3 kun

650 000 so'm / oy

  • Guruhda ko'pi bilan 6 o'quvchi
  • Tezroq o'sish uchun ko'proq mashq
  • Ota-ona paneli va hisobotlar
Bepul sinov darsi

Individual

800 000 so'm / oy

  • Murabbiy faqat sizning farzandingiz bilan
  • Haftasiga 3 ta dars
  • Ota-ona paneli va hisobotlar
Bepul sinov darsi

Ko'p so'raladigan savollar

Darslar qanday o'tadi?

Darslar Zoom orqali jonli o'tadi. Zoom havolasi va dars jadvali shaxsiy panelda turadi, dars boshlanishidan oldin Telegram orqali eslatma ham keladi.

Guruhda nechta bola bo'ladi?

Guruhda ko'pi bilan 6 ta o'quvchi bo'ladi, shuning uchun murabbiy har bir bolaga e'tibor bera oladi.

Qaysi yoshdagi bolalar uchun?

6 yoshdan 16 yoshgacha. Sinov darsidan keyin farzandingiz darajasiga mos guruh yoki individual dars tanlanadi.

Sinov dars qanday o'tadi?

Ariza qoldirasiz, biz siz bilan bog'lanamiz va qulay vaqtni kelishamiz. Birinchi dars bepul. Dars yoqsa, davom etasiz, yoqmasa hech narsa to'lamaysiz.

Farzandim darsga kela olmasa nima bo'ladi?

Dars boshlanishidan kamida 3 soat oldin xabar bersangiz, dars o'rniga 30 kun ichida qayta dars beriladi (oyiga ko'pi bilan 2 ta). Xabarsiz kelmagan dars o'tgan hisoblanadi. Murabbiy yoki akademiya sababli o'tmagan darslar uchun to'lov qaytariladi.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

To'lov Payme yoki Click orqali, oyiga bir marta. Oylik hisob-kitob ota-ona panelida ko'rinib turadi.